Avval xabar berib o‘tganimizdek, joriy yilning 6-8 dekabr kunlari Jahon banki va Avstraliya tashqi ishlar va savdo departamentining tashabbusi bilan Laos XDRning Vyentyan shahrida “Jamoalarga asoslangan rivojlanish” mavzusiga bag’ishlangan Sharqiy Osiyo – Tinch okeani mintaqaviy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanning ikkinchi kunida tadbir dasturiga muvofiq har bir qatnashuvchi mamlakat delegatsiyalari o‘z mintaqalarida jamoalar tomonidan boshqariladigan rivojlanish dasturlarining yutuqlari va mohiyati bilan tanishtirdilar. Shu jumladan, O‘zbekiston hukumati tomonidan mazkur anjumanda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining vakillari qatnashib, loyiha doirasida erishilgan natijalar bilan qatnashuvchilarni tanishtirdilar.
O‘zbekiston Respublikasida jamoalar tomonidan boshqariladigan rivojlanish dasturlariga bag‘ishlangan sessiya davomida QIRL mutaxassislari loyihani tadbiq etishdagi mahalliy muammolarni va ularning yechimlarini xalqaro mutaxassislar bilan ko‘rib chiqishdi