Yangiliklar

news image

Jamoalarga asoslangan rivojlanish boʻyicha beshinchi Sharqiy Osiyo – Tinch okeani mintaqaviy konferensiyasi

Joriy yilning 6-8 dekabr kunlari Jahon banki va Avstraliya tashqi ishlar va savdo departamentining tashabbusi bilan Laos XDRning Vyentyan shahrida “Jamoalarga asoslangan rivojlanish” mavzusiga bag’ishlangan Sharqiy Osiyo – Tinch okeani mintaqaviy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu anjuman beshinchi bo‘lib, avvalgi yillari bu kabi tadbirlar Shri-Lanka, Indoneziya, Filippin va Vetnamda bo'lib o'tgan.

Mazkur tadbirda Sharqiy mamlakatlar hamkorligi (EaP) tarkibidagi 11 ta mamlakat hamda Markaziy Osiyoning 3 ta (Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston) mamlakati hukumat ijrochi tashkilotlari qatnashmoqda. Ular anjuman doirasida o‘z mintaqalarida jamoalar tomonidan boshqariladigan rivojlanish dasturlarining ahamiyati va ushbu dasturlarni tadbiq etishdagi mahalliy muammolarni ko ‘rib chiqadilar.

O‘zbekiston hukumati tomonidan mazkur anjumanda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining vakillari qatnashmoqda. Tadbirning ikkinchi kunida loyiha mutaxassilari QIRLga asoslangan tajribasini taqdim etishi kutilmoqda.

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi O'zbekistondagi birinchi jamoalarga asoslangan rivojlanish loyihasi hisoblanib, undagi barcha amalga oshiriladigan bosqichlar aholining fikriga asoslangan holda bajariladi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish