Yangiliklar

news image

Jamoa safarbarligi bo‘yicha xalqaro ekspertning qishloq joylarga amaliy tashrifi davom etmoqda

Avval ta’kidlanganidek, joriy yilning 25 oktyabridan boshlab Jamoa safarbarligi bo'yicha xalqaro eksperti Brigitta Bode xonimning “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi qamrovidagi qishloqlarga ishchi tashrifi boshlandi. Ishchi guruh tarkibiga Loyihaning markaziy ofisi mutaxassislari hamda Loyihaning qishloq fasilitatorlari ham kiradi.

Bu haftada Bode xonim Farg‘ona vodiysida qishloq aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ekspertning tashrifidan maqsad - aholi bilan olib borilayotgan safarbarlik ishlari natijalarini baholashdan iborat. Buning uchun Farg‘ona viloyati “Quvurboshi” MFY fuqarolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida ishchi guruh vakillari hamda aholi tomonidan Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlilini o‘tkazildi hamda Loyihaning keyingi bosqichlari bo‘yicha takliflar eshitildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha subloyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, u yerlarda ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha jamoat tashkilotlarini tashkil etish Loyiha fasilitatorlarining texnik xodimlar bilan birgalikda ishni tizimli yo’lga qo'yilishini talab etadi. Shu maqsadda Ko’makdosh hamkor ACTED (Frantsiya) ofisida ACTED loyiha menejeri janob Ram Sharma hamda qishloq fasilitatorlari va muhandislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish