Tender

Konsalting xizmatlari taklif etish uchun so‘rov

Konsalting xizmatlari taklif etish uchun so‘rov

O‘zbekiston Respublikasi

 “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish

loyihasida audit o‘tkazish uchun konsalting xizmatlari

(KREDIT XTA №6502-UZ)

O‘zbekiston Respublikasi hukumati  “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) bilan qarz bitimi imzolagan. Qarz oluvchi kredit mablag‘larining bir qismini loyihaning moliyaviy auditini o‘tkazish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzishi rejalashtirilgan.

Konsultatsiya xizmatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • 2024, 2025 va 2026-moliyaviy yillari (yanvar-oktyabr) uchun “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining moliyaviy auditi;

Batafsil texnik topshiriq bilan quyidagi havolada tanishish mumkin:

https://drive.google.com/drive/folders/1AWF0Vwc25y6QgMOjlEAn0DCK2aaGoMgA?usp=drive_link

Shu bilan, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” Birlashtirilgan loyihalarini amalga oshirishning guruhi (keyingi o‘rinlarda BLAOG deb yuritiladi) tegishli auditorlik firmalarini (“Konsultantlar”) o‘z xizmatlarini taqdim etishga qiziqish bildirishga taklif qiladi. Qiziqqan konsultantlar xizmatlarni taqdim etish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini ko‘rsatadigan ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak. Baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

  1. Firma Jahon bankining maqbul auditorlik firmalari ro‘yxatida bo‘lishi kerak.
  2. Kamida 5 yillik XMI loyihalarida auditorlik tajribasi.
  3. XMI loyihalarini audit qilish uchun malakali auditorlarning mavjudligi.

Konsultantlar o‘z malakalarini oshirish uchun boshqa firmalar bilan qo‘shma korxona yoki yordamchi konsultant shaklida birlashishlari mumkin. Bu “Birlashma” qo‘shma korxona yoki subkonsultant shaklida bo‘lishi mumkin. Qo‘shma korxona (QK) tashkil etilgan taqdirda, qo‘shma korxonaning barcha a’zolari qisqa ro‘yxatni tuzish maqsadida birgalikda baholanadi va topshiriqni bajarish uchun birgalikda javobgar bo‘ladi va ushbu qo‘shma korxona guruhi tanlangan taqdirda shartnoma imzolashini kerak.  Qiziqqan konsultantlar  o‘z arizalarida “Birlashma” tuzilmasini va sheriklar va sub-konsultantlarning majburiyatlarini aniq ko‘rsatishlari kerak.

Qiziqqan konsultantlar “Jahon bankining FIP qarz oluvchilar uchun sotib olish qoidalari”ning (2023-yil sentyabr) 3.16, 3.17 va 3.21 va 3.22 bandlariga e’tibor qaratishi zarur, unda Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuvi siyosati va huquqlari keltirilgan.

Konsultant “Jahon bankining FIP qarz oluvchilar uchun sotib olish qoidalari”da (2023-yil sentyabr) belgilangan eng past narxni tanlash usuli bo‘yicha tanlanadi.

Qiziqqan nomzodlar mahalliy vaqt bilan 9:00 dan 18:00 gacha quyida berilgan manzilda joylashgan BLAOGdan qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin.

Qiziqish takliflari 2025-yilning 10-fevrali (Toshkent vaqti) soat 16:00 gacha “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining moliyaviy auditi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga qiziqish ifodasi” degan belgi bilan taqdim etilishi kerak. Kechikkan takliflar ko‘rib chiqilmaydi. Ma’lumotlarni ingliz va rus tillarida taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir.

 

Qiziqish takliflari uchun: X.Usmanov,

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi menejeri

O‘zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1,

4-qavat.

Telefon/Faks: (99871) 207-84-07 (118)

E-mail: info@uzrd.uz

Tender link

Yuborish Ulashish