Yangiliklar

news image

Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasidagi nutqi

10 noyabr kuni Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashining yigirma oltinchi sessiyasida viloyat deputatlari, hokim o'rinbosarlari, maslahatchilari, hududiy boshqarmalar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida, Loyiha direktor o'rinbosari Zokir Raximovning "Namangan viloyatida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasining amalga oshirilishi haqida ma'lumot" mavzusidagi hisoboti tinglandi. Zokir Raximov Namangan viloyatida 132 MFYlarda subloyihalarni amalga oshirish rejalashtirilganini ma'lum qildi. Loyiha doirasida asosiy infratuzilmasini yaxshilash uchun jami 164 000 000 AQSH dollar ajratilgan bo'lib, shundan 66 423 294 AQSh dollari, bu 40,5%, ushbu viloyati uchun belgilangan. Ayni paytda aholi va jamoa safarbarligi ishlarini amalga oshirish maqsadida Tadbirkorlik va ma'muriy ta'limni rivojlantirish markazi CEED (Bolgariya) hamda "Rhytm Plus" konsalting kompaniyasi (O’zbekiston) Namangan viloyatida o'z faoliyatini olib bormoqda.

extra image extra image
Twit Yuborish