Yangiliklar

news image

Ko'makdosh hamkorlari uchun o'quv seminari

Markaziy LAOG ofisida tegishli mutaxassislar tomonidan Ko'makdosh hamkorlari uchun Loyiha doirasida “Jamoa safarbarligi bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni hujjatlashtirish” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi. Loyiha maqsadiga muvofiq, seminar quyidagi vazifalarni o'z ichiga oldi: - Qishloq, tuman va viloyat darajasidagi bayonnomalarni tuzish tartibi; - Bajarilgan ishlar bo'yicha hisobotlarni tuzish tartibi; - Safarbarlik ishlari bilan bog'liq shakllarni to'ldirish tartibi; - Hujjatlarni papkalarga joylashtirish tartibi. 1-2 noyabr kunlari CEED Tadbirkorlik va ma'muriy ta'limni rivojlantirish markazi / "Rhytm Plus" konsalting kompaniyasi nomidan Namanganlik ishtirokchilar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi; 3-4 noyabr kunlari ACTED texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi / “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi tomonidan Farg'ona viloyati ishtirokchilari bilan seminar o’tqazildi; 8-9 noyabr kunlari ACTED texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi/"Yuksalish" Milliy Harakati nomidan Andijon viloyati Ko'makdosh hamkorlari bilan uchrashdilar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish