Joriy yilning 2 noyabr kuni Jizzax viloyati hokimligi qoshidagi "Yagona Buyurtmachi Xizmati" injiniring kompaniyasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish guruhi "QURILISH BROKER SERVIS" MCHJ bosh pudratchi bilan hamkorlikda "Jizzax viloyati Baxmal tumani Saroy MFYdagi 30-umumta'lim maktabi filialini rekonstruksiya qilish" subloyihasiga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma imzoladilar. Shartnomaga muvofiq, pudratchi qurilish ishlarini atrof-muhit barqarorligini rivojlantirishga rioya qilish tamoyiliga asosan O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va Jahon Banki talablariga to'liq rioya etgan holda amalga oshirishga majburdir (http://www.ridp.uz/media/documents/project/uz/ESMF_UZB.pdf) Batafsil ma'lumotlar: "Saroy" MFY hududida yashovchilar soni 2789 kishi. Loyiha doirasida 447838 AQSh dollari mablag'ajratilgan. Ob'ektning nomi: Jizzax viloyati Baxmal tumani "Saroy" MFY hududida mavjud ta'mir talab maktabni 220 o'rinli zamonaviy arxitektura talablariga asosan rekonstruktsiya qilish. Maktabning hozirgi holati: "Saroy" MFY hududida joylashgan 30-sonli umumta'lim maktabi 1976 yilda 240 o'quvchi o'rniga mo'ljallab qurilgan. Shuningdek, ushbu hududdagi mazkur maktab filiali 1985 yilda qurilgan bo'lib, keyinchalik 120 o'quvchi o'rniga moslashtirib faoliyati tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu maktab va maktab filialida jami 484 nafar (shundan, maktabda 419 nafar, filialda 65 nafar) o'quvchilar ta'lim olmoqda. Loyihachi tashkilotning nomi: "Atlant Architects Group" MCHJ. Qurilish-montaj ishlarining loyihaviy qiymati 6,4 mlrd. so'm.