Ijtimoiy audit - Jamoatchilik Monitoringi Guruhi(JMG) va Mahalla Taraqqiyot Guruhlari (MTG) Qishloq Taraqqiyot Rejalarini (QTR) rejalashtirish va amalga oshirishni monitoring qilish va baholashni tashkil etadigan jarayon bo’lib, xususan, JMG har bir qishloqdagi MTG faoliyati samaradorligini tahlil qiladi. Jamoatchilik Monitoringi Guruhi Loyiha amalga oshirilishi mobaynida har olti oyda bir marotaba Ijtimoiy Auditni o'tkazish bilan shug'ullanadi. Ijtimoiy Auditlar ochiq forumlar shaklida tashkil etilib, unda Tuman Loyiha Qumitasi (TLQ) nomidan vakillik qilayotgan tuman hokimiyatlari va MTGlar Loyihani amalga oshirish davrida, yiliga kamida ikki marotaba jamoatchilikka yutuqlar, muammolar va tegishli asosiy ma'lumotlar to'g'risida hisobot beradilar. Ijtimoiy audit jarayonida pudratchi va benefitsiarlar ham ishtirok etadilar. Ijtimoiy Audit jarayonida barcha mahallalar, ko’chalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning yig'ilishda ishtirok etishini ta'minlash maqsadida QIRL qishloq fasilitatorlari MTG larga bu yig'ilishlarni tashkillashtirishda ko’maklashadilar. Ijtimoiy Auditning maqsadi Loyiha doirasidagi hudud aholisiga quyidagi ma'lumotlarni yetkazishdan iboratdir: - tasdiqlangan qishloq taraqqiyot rejalariga muvofiq Loyiha uchun ajratilgan resurslar to'g'risida; - yangi yoki rekonstruksiya qilingan infratuzilmaning joylashuvi va uning ma'lum infratuzilma va xizmatlarga ega yoki mavjud bo'lmagan qishloqning boshqa aholi punktlari/ko'chalari bilan bog'liqligi to'g'risida; - MTGlarining umumiy yutuqlari to'g'risida; - infratuzilma sifati va uning aholi talablariga muvofiqligi to’g’risida; - infratuzilmani aholi yoki tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli tarzda saqlash va xizmat ko’rsatish; Ijtimoiy audit quyidagilarni ta'minlaydi: -MTGning shaffofligi va ularni saylagan odamlar oldida hisobdorligi; - qurilish kompaniyalari o'z vazifalarini to'g'ri bajarayotganligini nazorat qilish. Qishloq fasilitatorlari Jamoatchilik Monitoringi Guruhiga Ijtimoiy Auditni tashkil etishda ko’maklashib, uni o'tkazish jarayonida ishtirok etishlari zarur. Qishloq fasilitatorlari, shuningdek, MTG mas’ullariga aholi uchun Ijtimoiy Audit bo’yicha taqdimot tayyorlashga yordam berishlari kerak. Ushbu jarayondagi 1-tashrifning maqsadi – jamoani Ijtimoiy Audit uchun tayyorlash (ijtimoiy audit maqsadlari va vazifalari taqdimoti, o'tkazish jarayoni, hujjatlarni to'ldirish usullari) va Jamoatchilik Monitoringi uchun JMGni tayyorlash (JMni o'tkazish jarayoni va afishada JM natijalarini qanday taqdim etish bo’yicha ma’lumotlar). Qishloq Fasilitatorlari ko’magida 2 ta ijtimoiy audit muvaffaqiyatli o'tkazilgandan so'ng (har 6 oyda) Jamoatchilik Monitoringi Guruhi navbatdagi auditni tashkillashtirishni to'liq o’z zimmalariga olishadi. Shu bilan birga, Qishloq fasilitatorlari doimiy hamkorlik asosida 3 yillik aholi ishtirokidagi Ijtimoiy Audit o'tkazilishini ta'minlashlari lozim. Ijtimoiy Audit Jarayoni - Ijtimoiy auditga tayyorgarlik (qishloq fasilitatorlari tomonidan MTG a'zolari va Jamoatchilik Monitoringi Guruhiga (JMG) ijtimoiy auditning maqsadlari va o'tkazish jarayoni bo'yicha tushuntirishlar olib boriladi) - Ijtimoiy auditni o’tkazish (Qishloq Taraqqiyot Rejalarini (QTR) rejalashtirish, amalga oshirishni monitoring qilish va baholashni tashkil etadigan jarayon bo’lib, JMG tomonidan har bir qishloqdagi MTG faoliyati samaradorligi tahlil qilinadi va hokazo); - aholiga ijtimoiy audit natijalarini e'lon qilish; - MTG va JMG o’tkazilgan ijtimoiy audit natijalari bo'yicha keng jamoatchilikka taqdimotini o’tkazish (Kovid-19 pandemiyasi paytida taxminan 100 kishi ishtirokida); - MTG va jamoatchilik monitoringi guruhining aholi savollariga javoblari; - Asosiy masalalarni hal qilish va keyingi ijtimoiy auditda o’sishni kuzatish maqsadida MTG harakat rejasini tuzish.