Jahon Bankining 4.01 va 4.12 amaliy siyosatiga muvofiq ishlab chiqilgan Loyiha hujjatlarini bajarilishini samarali tashkillashtirish maqsadida, LAOGning tegishli mutaxassislari uchun atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv himoya bo'yicha onlayn seminar o'tkazildi. Seminarda Jahon Banki vakillari – R. Vrobel, ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis, J. B. Kollier, ekolog - katta mutaxassis, R. Tlepova- milliy konsultant, A. Hamidov, ekolog, milliy konsultant, LAOG tomonidan – I. Ro'ziyev, atrof – muhit muhofazasi bo’yicha mutaxassisi va M. Isomidinova, ijtimoiy himoya bo'yicha mutaxassis ishtirok etdilar. Ishtirokchilar QIRL doirasida qishloqalarda tanlagan subloyihalar uchun talab etiladigan Atrof-muhit va ijtimoiy ta'sirni baholash (AMITB), Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi (AMIBR), va AMIBR uchun nazorat ro'yxati hujjatlarini ishlab chiqishning tartibi, qoidalari, talablari, tamoyillari bo'yicha muhokama qildilar. Xususan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob berish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Ushbu seminar tegishli manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish, ekologik va ijtimoiy xavflarni, majburiyat va imkoniyatlarni aniqlash va baholashga qaratildi.