Joriy yilning 13-16 sentyabr kunlari "Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" Loyihasi rahbari Zafar Uraqov, Jahon Banki vakillari Robert Vrobel va Ra'no Tlepovalar eng Sharqiy mintaqasiga Farg'ona vodiysiga tashrif buyurishdi. Safar ishtirokchilari ushbu mintaqani ifodalovchi barcha viloyatlarga tashrif buyurishdi. Andijon viloyatida Ko’makdosh Hamkorlari - "ACTED" texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligining vakili Ilhom G'ulomjonov va "Yuksalish" Milliy Harakati vakili Shamshod Yunusov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ular Loyiha Hamkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muhokama qilishdi, loyihani amalga oshirishni takomillashtirish yo'llarini belgilashdi, shuningdek, kelgusidagi harakatlar va istiqbollarni rejalashtirishdi. Hamda “Yagona Buyurtmachi Xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari Sh. Shamsutdinov, Konsalting markazi rahbari o'rinbosari M.Topivoldiev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining Andijon viloyati bo'yicha qurilish masalalari bo'yicha rahbari o'rinbosari Nizomitdin Raxmonov, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy -joy kommunal xo'jaligi masalalari kotibiyati vakillari Alisher Abdullaev va Dilxuroz Yo'lchiev bilan uchrashdi . Ishtirokchilar tenderda ishtirok etuvchi tashkilotlar uchun hujjatlarni to'ldirish bo'yicha, yuqori reytingga ega bo'lgan loyiha tashkilotlari va qurilish kompaniyalari ro'yxati, hamda loyiha kompaniyalarining atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi borasidagi imkoniyatlari muhokama qildilar. Marhamat tumanidagi "Tosh Yo'li" MFYda viloyat Mahalla Taraqqiyot Guruhi vakillari, Hamkor fasilitatorlar, muhandislar, Loyihani Amalga Oshirish Guruhi va Mahalla Fuqarolar Yig‘ini vakillari bilan uchrashdilar. Qishloq fasilitatorlari va muhandislari aholi salomatligi, ta'lim darajasi va farovonligi tahlili taqdimotini o‘tkazdilar. Ushbu tahlillarni ishlab chiqish jarayoni Mahalla Taraqqiyot Guruhining bevosita ishtirokida amalga oshirildi. Farg’onada "ACTED" texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi, "Yuksalish" Milliy Harakati, “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi va O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziriga maslahatchisi Olivye Norman bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Avtonom suv ta'minoti va kanalizasiya tizimi rivojlantirish bo'yicha ishchi guruh tuzish masalasini va ushbu subloyihani amalga oshirish uchun manfaatdor tomonlar tegishli ixtisoslik va tajribaga ega bo'lgan tashkilotlarning mutaxassislarini jalb qilishga e'tibor qaratildi. Farg'ona viloyatidagi Yagona Buyurtmachi Xizmati injiniring kompaniyasi (YaBXIK) binosida Farg'ona viloyat hokimligidan vakillar va hokimlik huzurida YaBXIK vakillari, “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi xodimlari, Loyihaning Farg'ona viloyatidagi texnik nazorat nozirlari va hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya bo'yicha mutaxassisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi Atrof-muhit va Ijtimoiy Boshqaruv Rejasi va hujjatlarni ishlab chiqish va taqdim etish masalalari haqida muhokama qilindi. Tenderda ishtirok etuvchi loyiha tashkilotlariga hujjat namunalarining takomillashtirilgan versiyasini taqdim etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Farg'ona viloyati Yozyovon tumanidagi Korasaroy MFYda LAOG rahbariyati, ACTED" texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi, "Yuksalish" Milliy Harakati, “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi va O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziriga maslahatchisi Olivye Norman ishtirokida qishloq fasilitatorlari tomonidan vaqtinchalik Mahalla Taraqqiyot Guruhi vakillari bilan birgalikda jamoa safabarligi tadbirlari natijasi o'laroq Qishloq Taraqqiyot Rejasini tuzish uchrashuvi o'tkazildi. Ushbu Qishloq Taraqqiyot Rejasini tuzish davomida aholi tomonidan ta'kidlab o'tilgan mavjud infratuzilmaga oid masalalarga asosiy e'tibor qaratildi. Namangan viloyati Uychi tumanidagi 22-sonli maktabga tashrif buyurib, eko-tualetlarni qurish misollari o'rganildi. Ushbu eco-tualetlar mexanizmining o'ziga xos xususiyati biologik uch bosqichli suvni tozalash usuli bo'lib, sifat jihatidan umumiy kanalizatsiya tizimiga qayta tiklash uchun mos keladi. Ushbu tajriba aholi tomonidan tanlangan maktablar va bolalar bog'chalari uchun "Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" Loyihasi ob’ektlarida qo'llash qo'llanilishi maqsadi uchun qiziqarli bo'ldi. Tadbirkorlik va ma'muriy ta'limni rivojlantirish markazi CEED (Bolgariya), "Rhytm Plus" konsalting kompaniyasi (O'zbekiston) va LAOGning Namangan ofisi xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar "Rhytm Plus"ning Namangan viloyatidagi beshta MFY– Qo'riq, Qoramurt, Yangi Bog'iston, Soz-Soy, Cho'mbog'ish bo'yicha faoliyatini muhokama qildilar. Bundan tashqari, "Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" Loyihasi doirasida avtonom suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari bo'yicha subloyihalar amalga oshirilishi munosabati bilan, LAOG, Jahon Banki, ACTED va CEED mutaxassislari ishtirok etadigan avtonom suv ta'minoti tizimlari konsepsiyasi va mexanizmini ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh tashkil etiladi. Namangan viloyati, Chortoq tumani "Soz-Soy" MFYda Mahalla Taraqqiyot Guruhi a'zolari bilan uchrashib, hal etilishi lozim bo'lgan mavjud masalalar bilan tanishdilar. Aholining fikriga ko'ra, ichimlik suvining va simsiz internetning yetishmasligi alohida e'tibor talab qiladigan asosiy ob'yektlardir. Toza ichimlik suvi ustuvor muammoligining sababi yer osti suvlari bo'lib, ular aholining suv ta'minoti manbai, sanoat ehtiyojlari va yerlarni sug'orish uchun ishlatiladi. Ichimlik suvining yetishmasligi sanoat tuzlarini tozalash qurilmalaridan yetarli darajada foydalanilmasligi, shuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarning eskirishi va o'z vaqtida rekonstruksiya qilinmasligi va o'z vaqtida yangisiga almashtirmaslik bilan bog'liq. Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini, ustuvor vazifa bo'lib, qishloq muhandislari tomonidan moliyalashtirish bo'yicha hisob -kitoblarni amalga oshirishga qaror qilindi. Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodak qishlog'ida QIRL rahbariyati va Jahon Banki vakillarining Abu Ali ibn Sino nomidagi o'rmon xo'jaligi rahbari H. Abdusattorov bilan ishchi tashrifining yakuniy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv "O'rmon hududlarini barqaror rivojlantirish" yangi loyihasi doirasida O'zbekiston aholisining turmush darajasini yaxshilash istiqbollari va iqtisodiy imkoniyatlarini o'rganish uchun tanishtiruvchi xususiyatga ega bo'ldi. Ushbu loyiha Jahon Banki tomonidan ishlab chiqilmoqda, chunki jamiyatning barqaror rivojlanish strategiyasi ko'p jihatdan atrof-muhit va resurs komponentini belgilaydi. Uchrashuvlar yakunida belgilangan vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi va Ish jarayonida kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berildi.