Yangiliklar

news image

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

9 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari A. Boboevning Jahon Banki vakillari, Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis R. Vrobel, Shaharsozlik bo'yicha katta mutaxassis R. Nitti, Jahon Banki maslahatchisi R. Tlepova va "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida "Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" va "O'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihalarini amalga oshirish jarayoni va holati to'g'risida masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani jadal amalga oshirishga ko'maklashish uchun qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha bosqichma-bosqich qo'shma maslahatlashuvlar o'tkazishga kelishib oldilar. Shuningdek, Jahon Banki vakillari o'rta shaharlarni takomillashtirish loyihasiga xalqaro texnik mutaxassislarni jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Twit Yuborish