Yangiliklar

news image

Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi muhokamasi Jizzakh viloyatida rejalashtirilmoqda

Hurmatli fuqarolar, Jizzax viloyati Baxmal tumani Saroy MFYda maktab filialining qayta qurishi bilan bog'liq Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi (AMIBR) loyihasi bilan tanishib chiqishingizni so’raymiz. Marhamat qilib, ushbu hujjat bo'yicha sharh va takliflaringizni 2021 yil 30 avgustgacha elektron manzil ridp@mineconomy.uz, telefon +998712326332 va/yoki telegram +998 99 2256332 orqali yuboring. 2021 yil 27 avgust kuni soat 10.00 da Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimligi binosida maktab qayta qurilishi bilan bog'liq Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi (AMIBR) loyihasi bo'yicha jamoatchilik bilan maslahatlashuv o'tkaziladi. Mahalliy hokimiyat vakillari, Saroy MFY vakillari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining viloyat va tuman bo'limlari, mas'ul kadastr qo'mitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarning ishtiroki kutilmoqda. Biz har qanday fuqaroning ishtiroki va qimmatli mulohazalarini qabul qilamiz va ishtirok etish tafsilotlari uchun iltimos, elektron manzil orqali ridp@mineconomy.uz, telefon +998712326332, telegram +998992256332 orqali bog'laning.

Twit Yuborish