Yangiliklar

news image

Sohil MFY da Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi muhokamasi bo'lib o'tdi

Paxtaobodda Sohil MFYning “Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi” loyihasining jamoatchilik bilan muhokamasi bo`lib o`tdi. Bugun, 2021 yil 30 iyul kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimligi binosida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasiga kiritilgan “Sohil” mahallasida 264 o’rinli zamonaviy maktab qurilishi bilan bog'liq “Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi” (AMIBR) loyihasining keng jamoatchilik bilan muhokamasi bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda mahalliy hokimiyat vakillari, “Sohil” mahallasi aholisi vakillari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining viloyat va tuman bo'limlari, Davlat kadastri qo'mitasi, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa aloqador tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Loyiha taqdimotidan so’ng, Loyiha rahbari o’rinbosari Z. Rahimov ishtirokchilarning savollariga javob berdilar.

Twit Yuborish