Hurmatli fuqarolar, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Soxil MFYda maktab qurish bilan bog'liq ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (AMIBR) loyihasi bilan tanishib chiqing. Marhamat qilib, ushbu hujjat bo'yicha sharh va takliflaringizni 2021 yil 2 avgustgacha elektron pochta manzili ridp@mineconomy.uz, telefon +998712326332, telegram +998 99 2256332 orqali yuboring. 2021 yil 30-iyul kuni soat 11.00 da, Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimiyat binosida maktab qurilishi bilan bog'liq Ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (AMIBR) loyihasi bo'yicha Jamoatchilik bilan maslahatlashuv o'tkaziladi. Mahalliy hokimiyat vakillari, Sohil MFY vakillari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining viloyat va tuman bo'limlari, mas'ul kadastr qo'mitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarning ishtiroki kutilmoqda. Biz har qanday fuqaroning ishtiroki va qimmatli mulohazalarini qabul qilamiz va ishtirok etish tafsilotlari uchun iltimos, elektron manzil orqali ridp@mineconomy.uz, telefon +998712326332, telegram +998992256332 orqali bog'laning.