“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi (LAOG) va Jahon banki vakillari Jizzax viloyatidan bo'lgan fuqarolik jamiyati faoli O'ktam Pardayev bilan navbatdagi uchrashuvni o'tkazdilar. Uchrashuvda mamlakatning ushbu hududida amalga oshirilayotgan loyiha vazifalari va tadbirlari muhokama qilindi. Videokonferents aloqa orqali loyihani amalga oshirish guruhining direktori Zafar Urakov, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo'yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel va O'ktam Pardaev ishtirokida konstruktiv munozaralar bo'lib o'tdi. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bilan bog'liq bir qator masalalar muhokama qilindi. Janob Pardayev tomonidan Jizzax viloyati qishloqlarida loyiha doirasidagi tadbirlarini amalga oshirilishini mustaqil ravishda bajarilgan monitoringining dastlabki natijalarini taqdim etdi. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi nafaqat qishloq aholisi uchun asosiy ijtimoiy infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishga mablag' sarflaydi va mamlakatning 300 dan ortiq chekka qishloqlaridagi yuz minglab fuqarolarning turmush darajasini yaxshilaydi, balki qishloqlar aholisi ushbu investitsiyalar uchun ustuvor yo'nalishlarni aniqlashda va loyiha faoliyatini amalga oshirilishini nazorat qilishda mahalliy aholi vakillari ishtirokini ham rag'batlantiradi. Loyihani amalga oshirish guruhi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va faollari bilan muloqot qilishga ochiq va ularning loyiha faoliyati bo'yicha konstruktiv mulohazalarini qabul qilishga tayyor. Konstruktiv mulohazalar loyihaning muvaffaqiyati uchun juda muhimdir, chunki ular loyihani amalga oshirish jarayonini yaxshilashga va yuqorida aytib o'tilgan rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beradi. Ushbu muloqot doirasida loyihani amalga oshirish guruhi janob Pardayev bilan muntazam ravishda videokonferentsiya uchrashuvlarini tashkil qiladi. 2021 yil may oyidan boshlab ushbu fuqarolik jamiyati vakili bilan to'rtta uchrashuv bo'lib o'tdi, shu jumladan loyihani amalga oshirish guruhi direktorining Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida ham. Ushbu uchrashuvlar doirasida janob Pardayev Jizzax viloyati qishloqlarida loyiha faoliyatini amalga oshirish bo'yicha mustaqil monitoringi natijalarini taqdim etadi, loyihani amalga oshirish guruhi va Jahon bankidan loyihaning borishi to'g'risida ma'lumot oladi, shuningdek unga taqdim etilgan monitoring natijalariga javoban sharhlar va tushuntirishlar oladi. Yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda janob Pardayev og'zaki ravishda Jizzax viloyati Baxmal tumani Muzbuloq qishlog'ida o'tkazilgan monitoring natijalarini taqdim etdi. U yig'ilish ishtirokchilarining e'tiborini ushbu qishloqda infratuzilmani, shu jumladan ko'priklarni, seldan zarar ko'rgan yo'llarni va suv ta'minoti tizimini rivojlantirish zarurligiga qaratdi. Janob Pardayev, shuningdek, mahalliy aholini loyiha to'g'risida xabardorligini oshirishga, ularni loyiha faoliyatida va loyihaning turli bosqichlarida qaror qabul qilish jarayonlarida qatnashishga safarbar etishga chaqirdi. Loyihani amalga oshirish guruhi va Jahon banki vakillari janob Pardayevga kuzatuv faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdilar va loyihani amalga oshirish guruhi ularga munosib javob harakatlarini tatbiq qilishi uchun loyihaning shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi orqali dastlabki xulosalar haqida hisobotni taqdim etishni aytishdi. Loyihani amalga oshirish guruhi va Jahon banki vakillari, shuningdek, gender jihatidan javob beradigan tamoyillar va keng qamrovli jamoatchilik ishtiroki loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish hujjatlariga kiritilganligini ta'kidladilar. Ammo salomatlikka bo'lgan xavfni minimallashtirish va COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish uchun loyihaning jamoatchilikni safarbar qilish bo'yicha dastlabki rejalariga o'zgartirish kiritishga to'g'ri keldi. Odamlar salomatligini himoya qilishga qaratilgan ushbu chora-tadbirlar, afsuski, mahalliy jamoalar vakillarining loyiha faoliyatidagi ishtiroki darajasini chekladi. Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish guruhi qishloq aholisini loyihalashtirish faoliyati va ularning tegishli jarayonlardagi ishtiroki to'g'risida, shu jumladan qishloqlarning ijtimoiy infratuzilma va xizmatlarning muayyan turlariga bo'lgan ehtiyojlarini baholash to'g'risida har tomonlama xabardor qilish uchun, muqobil yechimlarni topish uchun, rejalashtirish qarorlarini qabul qilish, ularning aholi punktlarini rivojlantirish, shuningdek tasdiqlangan ob'yektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish bo'yicha kichik loyihalarni amalga oshirilishini nazorat qilish bo'yicha qishloq fasilitatorlari va loyihani amalga oshirish guruhining mintaqaviy xodimlari bilan faol ish olib bormoqda. Boshqa chora-tadbirlar qatoriga, ular shuningdek, loyihani amalga oshirish guruhining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari, masalan, Telegram kanali(https://t.me/uzb_ridp) orqali loyiha to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishni yaxshilashni o'z ichiga oladi, dedi janob Urakov. Bundan tashqari, janob Pardayevga loyihani amalga oshirish guruhi Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi loyiha hududidagi qishloqlarda jamoatchilikni safarbar qilish tadbirlarini o'tkazish uchun yordam berishi uchun ikkita hamkor tashkilotlar bilan shartnoma tuzganligi to'g'risida xabar berildi. Tender asosida tanlangan ushbu hamkorlardan biri xalqaro va milliy nodavlat tashkilotlar konsortsiumi bo'ldi(http://ridp.uz/uz/news-details/69). Uning tarkibiga Texnik hamkorlik va rivojlanish agentligi - ACTED (Frantsiya), Xalqaro suv resurslari kotibiyati (Kanada), "Yuksalish" umummilliy harakati (O'zbekiston) va Farg'ona shahridagi (O'zbekiston) "Tarakkiyot" aholini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi kiradi. Jamiyatni rivojlantirish dasturlarida ularning tajribasi, shuningdek, mahalliy aholining loyiha to'g'risida xabardorligini oshirish va hozirgi qiyin sharoitda unda ishtirok etish uchun yangi g'oyalarni paydo bo'lishiga ko'maklashishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi farmoniga binoan loyiha mablag'larining ochiq va oshkora ishlatilishi ustidan nazoratni ta'minlash topshirilgan. O'tgan hafta davomida, loyihani amalga oshirish guruhi xodimlarining Farg'ona vodiysidagi tashrifiga Akmal Burxonov, Agentlik direktori qo'shildi(http://ridp.uz/uz/news-details/74). Janob Burxonovga loyihaning tatbiq qilinishi to'g'risida ma'lumot berildi. Agentlik doimiy ravishda loyiha faoliyatini amalga oshirilishini nazorat qilib borilishi takidlandi. Janob Urakov yana bir bor janob Pardayevni o'zining monitoring faoliyati natijalarini loyihaning shikoyatlarini ko'rib chiqish mexanizmi orqali yuborishni davom ettirishga chaqirdi, shunda loyihani amalga oshirish guruhi tegishli ravishda zarur harakatlarni amalga oshirishi va kerakli tuzatish choralarini ko'rishi mumkin bo'ladi. Loyihani amalga oshirish guruhi janob Pardayev va fuqarolik jamiyatining boshqa mustaqil tashkilotlari va faollari bilan hamkorlik qilish uchun ochiq. U loyihaning shaffofligini ta'minlashda davom etadi. Loyihani amalga oshirish guruhi xodimlari janob Pardayevning monitoring ishlarida ko'maklashishga va uni loyiha hududida joylashgan qishloqlarga xizmat safari davomida ularni ham o'zlari bilan birga safarga qo'shilishga taklif qilishga tayyor, deya takrorladi janob Urakov. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari va faollari bilan konstruktiv muloqot loyihani amalga oshirish jarayonini takomillashtirishga va O'zbekistonning beshta mintaqasidagi chekka qishloqlarda yashovchi yuz minglab aholiga manfaati yo'lida belgilangan maqsadlarga erishish uchun yordam beradi.