13 iyul kuni Farg’ona vodiysida Hamkor fasilitatorlar uchun tashkil etilgan o’quv mashg’ulotlari hamda tanlab olingan hududlarda loyiha jarayonini monitoring qilish maqsadida Loyihani amalga oshirish guruhi direktori va Jahon banki mutaxassisi Andijon viloyatida ishchi tashrif bilan bo’ldi. Tashrif davomida ishchi guruh quriladigan zamonaviy maktab hududiga tashrif buyurib tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.