Аyni paytda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Аndijon, Fargʼona va Namangan viloyatlarida 2021-2022 yillarda 130 ta qishloqlar tanlab olinishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu subloyiha obʼektlarini tanlash jarayonini tashkillashtirishda ishtiroki koʼzda tutilgan koʼmakdosh hamkorlar- nodalat notijorat tashkilotlari oʼrtasida tender oʼtkazilib, shartnomalar imzolandi. Jamoa safarbarligi ishlarini amalga oshirish maqsadida, Аndijon va Fargʼona viloyatlarida ACTED Texnik Hamkorlik va Rivojlantirish Аgentligi (Fransiya), Xalqaro suv boʼyicha kotibiyat (Kanada), “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot” nodavlat notijorat tashkiloti (Oʼzbekiston) 63 ta qishloqlarda, CEED Tadbirkorlik va ijro etishni rivojlantirish markazi (Bolgariya) “Rhytm Plus” masʼuliyati cheklangan jamiyat (Oʼzbekiston) esa Namangan viloyatida 67 ta qishloqlarda oʼz faoliyatini olib boradi.