Yangiliklar

news image

Onlayn missiya doirasida ekologik va ijtimoiy skrining masalasi ko’tarildi

Jahon banki bilan onlayn missiya doirasida 9 iyun kuni Loyihani amalga oshirish guruhi markaziy va hududlararo idoralar ijtimoiy himoya va atrof-muhit muhofazasi mutaxassislari xalqaro jamoa bilan o’tkazgan muhokama davomida inson salomatligi va tabiatga yetkazilishi mumkin bo’lgan ta’sir masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Xususan, kun tartibida tanlab olingan Sohil va Saroy pilot MFYlarida ekologik va ijtimoiy skrining jarayonini amalga oshirish; ushbu jarayonni tartibga soluvchi atrof-muhitga ta’sir to’g’risidagi bayonot va atrof-muhit muhofazasini boshqarish protokoli kabi mahalliy qonunchilikka asoslangan hujjatlar kim tomonidan ishlab chiqilishi va davlat tomonidan tasdiqlanishi davri; loyiha davomida hududlardan kelib tushadigan turli murojaat va shikoyatlarni ko’rib chiqish jarayoniga tayyorgarlik va yetkazilgan ehtimoliy zararni qoplash kabi keng qamrovdagi masalalarga alohida urg’u berildi.

Twit Yuborish