Jahon banki bilan onlayn missiya doirasida 9 iyun kuni Loyihani amalga oshirish guruhi xaridlar masalari bo’yicha muhokamalarni amalga oshirdi. Mazkur uchrashuvda loyiha doirasida 5 pilot viloyatlarning hokimiyat va “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring (muhandislik) kompaniyalari vakillari qatnashdilar. Uchrashuv kun tartibida ikki masala ko’tarildi: taklif etilayotgan xaridlar bo’yicha o’zaro faoliyat tuzilmasi hamda tender hujjat loyihalari. Loyiha boshida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sohil MFY va Jizzax viloyati Baxmal tumani Saroy MFYlar pilot hududlar sifatida tanlangani tufayli ushbu viloyatdan qatnashuvchilar o’z tajribalari bilan baham ko’rdilar. Uchrashuv davomida kelgusi chora-tadbirlar, xaridlarni shaffof amalga oshirish jarayoni va istiqbolli reja muhokama qilindi.