Joriy yilning 8 iyun kuni Loyihani amalga oshirish guruhi Jahon banki bilan onlayn missiyani boshladi. Missiyaning birinchi kuni LAOGning markaziy hamda hududlararo idora xodimlari qatnashdi. Mazkur uchrashuv doirasida muayyan davr ichida amalga oshirilgan tadbirlar va natijalar, shu bilan birga, rejadagi istiqbolli qadamlar bo’yicha qisqacha ma’lumot taqdim etildi. Missiyaning qolgan kunlari loyiha tegishli soha mutaxassislarining Jahon banki jamoasi bilan muhokamalari ko’zda tutilgan.