Yangiliklar

news image

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida safarbarlik tadbiri davom etmoqda

Joriy yilning Aprel va May oylarida Jizzax viloyatining Zomin (Nurlikent MFY, Gulshan QFY), Forish (Yassikechuv MFY), Yangiobod (Xo’jamushkent MFY) va Sirdaryo viloyatining Sardoba (Birlashgan MFY) tumanlaridagi qishloq fuqarolar yig’inlarida loyiha doirasidagi dastlabki "Qishloq taraqqiyot rejasi" Mahalla taraqqiyot guruhi a'zolari va yoshlari ishtirokida tuzildi. Avval ham xabar berganimizdek, hududdagi aholining barcha qatlamlariga birdek foydasi tegadigan subloyihani tanlash uchun loyiha fasilitatorlari tomonidan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy tahlillar o’tkazilgan. Ushbu “Qishloq taraqqiyot rejasi”ni tuzish jarayonlarida aholi vakillaridan tashqari mustaqil kuzatuvchilar ham ishtirok etdilar. Shuningdek Jizzax viloyatining Zomin (Navoiy QFY) va Sirdaryo viloyatining Xovos (Obod turmush MFY, Qahramon MFY) tumanlaridagi Vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhlari a’zolariga Qishloq fasilitatorlari va Qishloq muhandislari tomonidan Salohiyatni oshirish bo’yicha “Yetakchilik mahorati” mavzusida Vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhlari yig’ilishlarni qanday tashkil qilishlari, ma’lumotlarni oshkora almashish va qanday muvaffaqiyatli yetakchi bo’lishni o’rgatish maqsadida seminar-trening o’tkazildi. Loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar va aholi tomonidan tanlanayotgan subloyihalar haqidagi barcha ma’lumotlar rasmiy veb sahifamizda muntazam yoritiladi. Eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun saytimizni kuzatib boring.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish