Yangiliklar

news image

Ishchi loyiha va maktab umumiy rejasini muhokama qilish

Joriy yilning 19 May kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi rahbari Z.Urakov Аndijon viloyatiga xizmat safar bilan tashrif buyurdi. Tashrifi davomida Urakov Paxtaobod tumani Sohil mahalla fuqarolar yig’inida qurilishi rejalashtirilayotgan, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy 264 oʼrinli maktab binosi loyihachisi boʼlgan “Аndijonfuqaroloyiha” institutida bo’ldi. U yerda hududiy loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari bilan birgalikda loyiha bosh rejasini ko’zdan kechirib, Arxitektura rejalashtirish topshirigʼida berilgan texnik shartlarini muhokama qilishdi.

extra image
Twit Yuborish