Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Yangiobod va Sirdaryo viloyatining Sardoba va Xovos tumanlaridagi tanlangan qishloqlarda jamoa safarbarligi ishlari davom etmoqda. Yuqorida aytib utilgan tumanlarda bu hafta Qishloq fasilitatorlari va Qishloq muhandislari tomonidan yaratilgan “Manbalar xaritalari”ning taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot paytida qishloq aholisi tomonidan Xarita bo’yicha bildirilgan fikrlar inobatga olinib, shu yerning o’zidayoq tuzatishlar kiritildi. Keyingi bosqichda bu Xaritalar barcha tuzatishlar bilan ikki nusxada tayyorlanib, bir nusxasi qishloqlarga taqdim etiladi. Shuningdek Vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhlari a’zolariga Qishloq fasilitatorlari va Qishloq muhandislari tomonidan Salohiyatni oshirish bo’yicha “Yetakchilik mahorati” mavzusida Vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhlari yig’ilishlarni qanday tashkil qilishlari, ma’lumotlarni oshkora almashish va qanday muvaffaqiyatli yetakchi bo’lishni o’rgatish maqsadida semenar-trening o’tkazildi.