264 ta o'quv o'ringa mo'ljallangan Andijon viloyati Paxtaobod tumani Soxil MFYda zamonaviy maktab qurilishi uchun sub-loyihani loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan tender yakunlandi (lot raqami 7095229) va "Andijonfuqaroloyiha" MChJ tender g'olibi deb tan olindi. Shu munosabat bilan, 2021 yil 23 aprelda texnik vazifaga muvofiq ishlarni bajarish bo'yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi. Hozirda "Andijonfuqaroloyiha" MChJ o'z vazifalarini shartnoma asosida bajarishni boshladi.