Yangiliklar

news image

Jamoa resurslarini xaritalash jarayoni

Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Yangiobod va Sirdaryo viloyatining Sardoba va Xovos tumanlaridagi tanlangan qishloqlarda jamoa safarbarligi ishlari davom etmoqda. Yuqorida aytib utilgan tumanlarda qishloglarning ijtimoiy-iqtisodiy manbalar xaritalari tuzilmoqda. Undagi obyektlar orasida masjidlar, maktablar, tibbiyot muassasalari, yo'llar, sug'orish tizimlari (kanallar), ichimlik suvi tarmoqlari va nasoslar, elektr uzatish liniyalari va boshqalar ko'rsatiladi. Mobilizatsiya jarayonida yuqoridagi hududlarning aholisi xaritalarni shakllantirish va ishlab chiqishda qatnashdilar, bu erda loyihaning qishloq muhandislari xaritalarni chizishda barcha kerakli ma'lumotlarni aniq aks ettirdilar. Ushbu xaritalar rejalashtirish sessiyalari davomida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun mablag'larning teng taqsimlanishini ta'minlash uchun qo'llaniladi.

extra image
Twit Yuborish