Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Yangiobod va Sirdaryo viloyatining Sardoba va Xovos tumanlaridagi tanlangan qishloqlarda jamoa safarbarligi ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan 22 aprel kuni loyiha directori Z. Urakov boshchiligida qishloq fasilitatorlari va qishloq muhandislari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning maqsadi safarbarlik doirasida olib borilgan ishlarni hamda mahalliy aholi bilan uchrashuvlar paytida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish edi. Muhokama davomida fasilitatorlar aholi ishtirikida manbalar xaritalarini yaratish jarayonining borishi va ushbu tahlil natijalari haqida ma’lumot berdilar.