Avval xabar berilganidek, Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Soxil mahalla fuqarolar yig’inida 264 o`rinli zamonaviy maktab qurilishi subloyihasi bo'yicha loyihalash ishlari uchun o'tkazilgan tender savdolari (Lot raqami 7095229) natijasida "Andijonfuqaroloyiha" MChJ g'olib deb topildi. Ushbu savdo Andijon viloyatidagi Tenderlar bo'yicha konsalting markazining tashkiliy ko'magi bilan 2021 yilning 9 aprelida Andijon shahrida “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring Kompaniyasi binosida bo'lib o'tdi va Mahalla taraqqiyot guruhi vakili ham qatnashdi. Ushbu shartnoma bo'yicha mijoz Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisoblanadi. Ayni paytda "Andijonfuqaroloyiha" MChJ bilan belgilangan ishlar bo'yicha shartnoma imzolash jarayoni davom etmoqda.