Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) mutaxassisi Oksana Lipkanu va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Niyazmetova Gulrux Kuralovna birgalikda joriy yilning 26 mart kuni O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi markaziy va hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassislari va qishloq fasilitatorlari va muhandislari uchun Mehnat huquqi bo’yicha onlayn seminar o’tkazdilar. Seminarda Jahon banki vakillari ham ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi - seminar ishtirokchilariga mehnat huquqi, XTMni O’zbekistonda qabul qilingan konvensiyalari, shu bilan birga majburiy mehnat va uning ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumot berish. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar faoliyatlari davomida uchragan holatlardan misollar keltirib javob berdilar. Seminar yakunida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Niyazmetova Gulrux Kuralovna loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, jamoa safarbarligini samarali va xavfsiz tashkillashtirishga oid tavsiyalar va qonun hujjatlarida keltirilgan ko’rsatmalar, shu bilan birga kerakli havola va ishonch telefon raqamlari bilan o’rtoqlashdi. O’z o’rnida barcha ishtirokchilar tashkilotchilarga mazmunli va foydali seminar uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar.