Joriy yilning 23 mart kuni LAOGning atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassislari birgalikda hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassislari uchun navbatdagi onlayn treningni o’tkazdilar. Bu safargi trening davomida kompleks tekshiruv hisobotini tayyorlash va topshirish jarayonlari muhokama etildi. Shu bilan birga, Qishloq fasilitatorlari va muhandislari tomonidan o’tkaziladigan ekologik skriningning maxsus shakllarini to’ldirish tartibi va ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.