Shu yilning 11 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyati hududiy LAOGning Qishloq fasilitator va muhandislari Baxmal tumanining Temirqadam MFYda vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhi, jamoatchilik monitoringi a’zolari va kam ta’minlangan oilalar vakillari ishtirokida “Mavsumiy taqvim” tuzish jarayonlarini o’tkazish uchun tashrifni amalga oshirishdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad - Temirqadam MFYda “Mavsumiy taqvim” tuzish hamda hududda mavjud bo’lgan ekin yerlari, aholining bandligi, shu bilan birga, mavsumiy ishlarning turlarini aniqlab olishdan iborat. Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan birgalikda hududda mavjud ekin yerlarda aholi bajaradigan ishlar, mavsumiy ish turlari va daromadlar jadvali tuzildi.