Yangiliklar

news image

Furqat tumanida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Fargʻona viloyati Furqat tumanida muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalar bosqichma-bosqich bajarilib kelinmoqda.

Jumladan, Furqat tumani “Ardaxshon” MFY hududida joylashgan 33-sonli umumtaʻlim maktabini kapital taʻmirlash loyihasining qurilish ishlari jarayoni joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish-taʻmirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha hujjatlariga muvofiqligi atroflicha koʻrib chiqildi.

Jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassislari, pudratchi tashkilot - “Oq jar sifatli servis” MCHJ vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etib, qurilish ishlari jarayonida amaldagi qurilish meʻyorlari, texnik xavfsizlik talablari va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga qatʻiy rioya etish masalalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Taʻkidlanganidek, mazkur loyiha yakunlangach, maktabda taʻlim olayotgan oʻquvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz taʻlim muhiti yaratiladi hamda hudud aholisiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yanada oshadi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari aholining farovon turmushini taʻminlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va kelajak avlod uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish