Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish va jarayonlarni baholash missiyasi ish boshlandi

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jahon banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki xodimlaridan iborat qoʻshma missiya oʻz ishini boshladi.

Unda dastlab amalga oshirilishi yakunlanayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining kelishuvlarini tahlil qilish, mahallalarda olib borilgan ishlarning koʻlami va taʼsirini baholash kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, tomonlar oʻrtasida hamkorlikni davom ettirish maqsadida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichiga texnik tayyorgarliklar jarayoni muhokama qilindi. Missiyaning keyingi kunlarida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha har bir yoʻnalishda mutaxassislar bilan fikr almashish belgilangan.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish