Jizzax va Sirdaryo viloyati hududiy Loyihani amalga oshirish guruhi Qishloq fasilitatorlari va muhandislari joriy yilning 10-mart kuni Baxmal tumanidagi Uzunbuloq, Madaniyat, Temirqadam MFY va Oyqor QFY larida navbatdagi jamoa safarbarligi jarayonini davom ettirdilar. Navbatgadi tashrifning asosiy maqasadi ushbu to’rtta qishloqlarda “Ta’lim” va “Salomatlik” tahlilini o’tkazishdir. Uchrashuvning birinchi yarmida aholi vakillari bilan shu hududga tegishli ta’lim masalalari muhokama etildi. So’ngra, ishtirokchilar ikki guruh, ya’ni ayollar va erkaklarga ajratilib, salomatlik bo’yicha hududida uchraydigan asosiy kasalliklar va muammolar, ularning oqibatlari, ushbu muammolarning bolalarga ta’siri, mavsumi va yechimlari borasida fikrlar bilan o’rtoqlashdilar. O’tkazilgan tahlillar natijasida ta’lim va salomatlik borasidagi hududga tegishli ma’lumotlar va mavjud muammolar jadvali shakllantirililib, ushbu asosida muammolarning kelib chiqish sabablari ishtirokchilar yordamida aniqlab olindi.