Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasida ishtirok etayotgan Namangan viloyati Pop tumanidagi “Marg‘izor” va “Vodiy” hamda Chortoq tumanidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida uchinchi ijtimoiy audit tadbirlari o’tkazildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirilayotgan subloyihalar, ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligi to‘g‘risidagi aholi fikrini o‘rganish hamda obyektlarni kelgusida foydalanish va ta’mirlash mexanizmlari faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
Qishloq fasilitatorlari rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy audit tadbirlariga mahalliy hokimliklar vakillari, jalb qilingan loyiha tashkilotlari va pudratchilar, mahalla taraqqiyot guruhi vakillari, jamoatchilik monitoringi guruhi a’zolari hamda qishloqlar aholisi jalb etilgan.