Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan Jahon banki vakillari oʻrtasida muloqot oʻtkazildi.
Unda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining yangi bosqichini (QIRL-2) amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Respublikamizning eng chekka va olis hududlarida yashayotgan aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishni maqsadida tomonlar oldidagi ustuvor vazifalar kelishib olindi.
Shu bilan birga, loyihaning yangi bosqichi uchun moliyaviy shartlar va mablagʻlarni oʻzlashtirishning shaffof mexanizmlari qayta koʻrib chiqilib, har bir tanlangan subloyiha boʻyicha ishlarni bosqichma-bosqich bajarish va tarmoq grafiklariga qatʼiy rioya qilish choralari muhokama qilindi.
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining yangi bosqichda ham ichimlik suvi, elektr taʼminoti, zamonaviy maktab va bogʻchalar qurilishi kabi hayotiy muhim yoʻnalishlarga asosiy eʼtibor qaratilishi kelishib olindi.