Andijon viloyati Paxtaobod tumanida joylashgan “Toshqo‘rg‘on” MFYda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi davom etmoqda.
Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jahon Banki va CEED/Rhythm Plus hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mahallaning 3,8 kilometr ichki yoʻllarini asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Pudratchi tashkilot bo‘lgan "Samandar Shijoati" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan yo‘lsozlik ishlari loyiha mas’ullari va mahalliy aholi tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.