Yangiliklar

news image

Farg‘ona viloyatida qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha subloyihalar taqdimoti o‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha subloyihalar taqdimotlari va mahalliy aholi bilan kelishuv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Qo‘qonboy” mahallasida 1,3 km piyodalar yo‘lagi qurilishi va 13,5 km ichki ko‘chalarni asfaltlash loyihalari (loyiha tashkiloti – “Silk Road Projekt” MChJ), shuningdek, “Eski” mahallasidagi 16-sonli umumta’lim maktabini mukammal ta’mirlash loyihasi (loyiha tashkiloti – “Quruvchi-Me'mor Servis” MChJ) taqdimotlari o‘tkazildi.

Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari va mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirokida loyihalarning barcha jihatlari batafsil muhokama qilinganidan so‘ng, ikkala loyiha ham mahalliy aholi tomonidan ma’qullandi hamda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish va amalga oshirish uchun tavsiya etildi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish