Yangiliklar

news image

Andijon viloyatida foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ekologik va ijtimoiy standartlar amaliyoti rahbari Sanjay Srivastava boshchiligidagi ishchi guruh Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Mutaxassislar Paxtaobod tumanining “Teraktagi” va “Boyto‘pi” MFYlarida loyiha doirasida amalga oshirilgan subloyihalar, xususan hududdagi 15-sonli umumta’lim maktabi hamda 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarining rekonstruksiya va kapital ta’mirlash hamda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ishchi guruh a’zolari shuningdek, loyihaning tanlab olinishida bevosita ishtirok etgan Mahalla taraqqiyot guruhi vakillari bilan suhbatlashib, loyihaning amalga oshirilishi, uning natijalari hamda hudud aholisi uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan fikr almashdilar.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish