Yangiliklar

news image

Jahon banki vakillari bilan hududlarda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda chekka hududlarda inklyuziv tadbirkorlik hamda yangi ish o‘rinlari muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi. 

Jahon bankining “Qishloq inratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha menejeri, ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassis Simon Sottsas va bankning boshqa mutaxassislari, vazirlikning Kichik va oʻrta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qoʻllab-quvvatlash va davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Timur Xusanov, “Qishloq inratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi xodimlari qatnashgan mazkur uchrashuvda loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi. 

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, “Qishloq inratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi 2-bosqichi amalga oshiriladigan hududlarda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sohadagi zamonaviy va yangi yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ayollar va yoshlarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirishda hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashishdi.

extra image extra image
Twit Yuborish