Yangiliklar

news image

Namanganda yangi taraqqiyot bosqichi: Jahon banki bilan hamkorlikda shahar va qishloqlar qiyofasi yangilanmoqda

Jahon banki — O‘zbekistonning strategik hamkori sifatida mamlakatimizda infratuzilma, energetika, transport, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi yirik loyihalar orqali mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

Shu jarayonning ajralmas qismi sifatida Namangan viloyatida ham aholining turmush sifati va hududlarning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ikki muhim tashabbus izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 30-iyuldagi PP-4409-son hamda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4898-son qarorlari asosida Namangan viloyatining 5 ta tumandagi 143 ta mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ulligida amalga oshirilmoqda. Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ushbu loyihalar uchun jami 107 mln dollar  mablag‘ ajratilgan.

Joriy yilning 6-noyabr kuni mazkur loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin (Najy Benhassine) Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida viloyat hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda Naji Benxasin janoblari viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzakov bilan muloqot olib bordi. 

Suhbat chog‘ida joriy loyihalar ijrosi, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Namangan xalqaro aeroportidan chiqiboq, hududdagi katta o‘zgarishlar va iqtisodiy o‘sishni ko‘rdim. Bu loyihalarning natijasi sifatida aholining farovonligi sezilarli oshmoqda. Biz kelgusi rivojlantirish dasturlarida ham faol ishtirok etamiz”, — dedi janob Naji Benxasin. 

Tashrif davomida, Naji Benxasin viloyatdagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan va foydalanishga topshirilgan obyektlarga tashrif buyurib, qurilish jarayoni bilan tanishdi, foydalanishga topshirilgan obyektlar bo‘yicha aholining fikri va kayfiyati o‘rgandi.

Xususan, dastlab, “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Yuksalish” mahallasi shaharni kompleks rivojlantirish va qishloq joylarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha obyektlarga tashrif buyurildi.

Pop tumanidagi “Uch uyli” va “Obihayot” mahallalarida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan joyida tanishildi. 

“Obihayot” mahallasida Jahon banki mablag‘laridan 2,2 mlrd so‘m ajartilgan va mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan 22-son maktabgacha ta’lim tashkiloti Jahon banki va mahalla faollari ishtirokida ochilib, foydalanishga toshirildi.

1. Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasiga jami 66,4 mln dollar  (Yangiqo‘rg‘on – 18,2 mln doll., Chortoq – 9,6  mln doll., Mingbuloq – 6,7 mln doll., Chust – 14,8 mln doll. va Pop – 17,0 mln doll.) ajratilgan. 2025-yil 1-noyabr holatiga 55,9 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Loyiha doirasida 132 ta mahallada jami 272 ta obyektda (253 tasida qurilish ishlari yakunlanib, 19 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda) ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

Natijada, 37 ta (9 135 o‘quv o‘rinli) maktab, 16  ta (1 660 o‘rinli) DMTT, 3 ta tibbiyot muassasasi (150 qatnovli), 740 km ichki yo‘llar, 1,1 ming km ichimlik suvi, 420 km elektr energiyasi ta’minoti, 1 ta ko‘prik, 1 ta sport maydoni obyektlari qurildi va mukammal ta’mirlandi. 

2. “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyati Chortoq shahriga jami 40,5 mln dollar mablag‘ ajratilgan. Shundan 30,5 mln dollari o‘zlashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida, Chotroq tumanidagi 16 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilanadi. Xususan, Chortoq tumanida 72,5 km ichimlik suv tarmog‘i barpo etilayotgan bo‘lib, buning natijasida nafaqat Chortoq tumani, balki Namangan shahrining jami 120 mingdan ortiq aholisi kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 

“Kalishoh” va “Arbog‘ish” mahallalari hududidan 21,5 km uchunlikdagi qariyib 600 metr balandlikdan (tog‘dan) ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi hisobiga 2 ta kunlik 500 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Gidrogenerator o‘rnatiladi.

Shuningdek, “Furqat” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari bilan birgalikda shaharni kompleks rivojlantirish konsepsiyasiga asoslangan holda - urban upgrading loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyatidagi  Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga, 700 mingdan ortiq aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanadi.

Manba: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati 

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish