Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoʻshtepa tumanida samarali amalga oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-sonli qaroriga asosan, Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamkorligidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoʻshtepa tumanida qator qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jahon banki missiyasi va Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlarining Farg‘ona viloyatiga bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida yakunlangan obyektlar ko‘zdan kechirilib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Tumanda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat:

  • 1-bosqichda — 13 ta mahallada 80 mlrd. soʻmlik:

- 34,28 km ichki koʻchalarga asfalt yotqizildi
- 175,11 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi
- 98,14 km elektr SIP tarmogʻi va 33 ta transformator oʻrnatildi

  • 2-bosqichda — 13 ta mahallada 93,5 mlrd. soʻmlik:

- 120 km koʻchalarga asfalt yotqizildi
- 14 km ichimlik suvi tarmogʻi qurildi
- 4 ta sport zali bunyod etildi
- 78 ta transformator va 138 km SIP tarmogʻi orqali elektr taʼminoti yaxshilandi.

Loyiha ishlari 2026-yilning birinchi yarmida toʻliq yakunlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Qoʻshtepa tumani hokimligi axborot xizmati

extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish