Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Jahon banki missiyasi o‘z ishini boshladi

Iqtisodiyot va moliya vazirliging Jahon banki Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish missiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Missiyani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – o‘tgan missiyalar davomida kelishilgan harakatlarning borishini ko‘rib chiqish, o‘zgarishlar to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni, jumladan xaridlar, moliyaviy boshqaruv, to‘lovlar, xarajatlarni tejash, qurilishning borishi bo‘yicha loyiha tarkibiy qismlari to‘g‘risida yangilangan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va QIRL 2-bosqichning loyihaoldi muhokamasidan iborat.

Missiya kun tartibining 1-kunida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga mas’ul Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi jamoasi bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahon banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vakillari bilan loyiha yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Amalga oshirilishi davom etayotgan loyiha bilan birgalikda kelgusi hamkorlik istiqbollari, loyiha doirasida ekologik va ijtimoiy tahlillar, manfaatdor tomonlarning roli va majburiyatlarini tasdiqlash kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Missiyaning keyingi kunlardagi kun tartibidan loyiha doirasidagi subloyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif va qator uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun:Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 21 ta tumanni qamrab oladi. Loyiha doirasida hududlardagi 306 ta MFYda 682 ta ijtimoiy soh ava infratuzilma loyihalarni amalga oshirish ko‘zlangan.
 

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish