Jizzax viloyati, Baxmal tumanida (Muzbuloq MFY) qishloq fasilitatorlari va muhandislari tomonidan qishloq ko’chalarini aylanib chiqish yo’li bilan farovonlik tahlili va resurslar xaritasi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tekshirildi, shuningdek, vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhi a'zolari va ushbu qishloq yoshlari vakillari ishtirokida ta'lim tahlili o'tkazildi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad kelgusida qishloq taraqqiyoti rejasini ishlab chiqish jarayonida ushbu tahlildan samarali foydaldnish uchun ta'lim bo’yicha hozirgi holat, vazifalar, muammolarni o’rganish va axborot to'plashdir. Ish yakunlari bo'yicha bir qator vazifalar, xususan, maktab infratuzilmasini takomillashtirish, yo'llarning holati, ularning masofasi (turar joyidan maktabgacha 7-8 km), shuningdek, ushbu qishloqlarga elektr energiyasini uzluksiz etkazib berishni ko'rib chiqish bilan bog'liq masalalar belgilandi.