Yangiliklar

news image

Pop tumanida zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

Pop tumanining “Uchuyli” mahallasida yillar davomida ta’mirtalab holatda bo‘lgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.

Qurilish ishlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida, Jahon banki moliyaviy ko‘magida 2 mlrd. 207 mln. so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi.

Muassasaning ochilish marosimda tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jaev ishtirok etib, mahalla ahli va pedagoglarni tabriklab, davlatimiz rahbarining ta’lim sohasida olib borayotgan islohotlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Manba: Pop tumani hokimligi Axborot xizmati

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish