Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining uchinchi audit tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining maqsadli mahallalarida uchinchi ijtimoiy audit tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Ana shunday jarayonlardan biri Namangan viloyati Pop tumanining “Xo‘jaobod” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda Ko‘makdosh Hamkor tashkiloti (“СEED”, Bolgariya/ “Rhythm Plus”, O‘zbekiston) mutaxassislari, loyihachi va pudratchi tashkilotlari, hamda mahallaning jamoatchilik monitoring guruhi tomonidan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, asosiy savollarga javoblar olindi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy auditning asosiy maqsadlari loyihaning umumiy samaradorligini baholash, yakunlangan subloyihalarning sifati va aholining natijadagi qoniqish darajasini aniqlashdir.

extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish