Yangiliklar

news image

Jahon banki missiyasi vakillari bilan moliyaviy mexanizmlar muhokama qilindi

Jahon Banki vakillarining O‘zbekistonga navbatdagi missiyasi davomida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi 2-bosqichi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda yangi loyihaning moliyaviy boshqaruv mexanizmlari yuzasidan tomonlar o‘rtasida fikr almashildi. 

Bankning mazkur missiyasi QIRL-2 loyihasini amalga oshirish oldidan dastlabki bosqich orqali olingan tajribalar hamda erishilgan natijarni hududlarga chiqib o‘rganish, mahalliy ijrochi tashkilotlar va keng jamoatchilik bilan uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek mutasaddi vazirlik va idoralar bilan muzokaralar olib borishni maqsad qilgan.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish