“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi 11 ta MFYda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tumanning “Suvliariq” MFY aholisining talab va takliflarini inobatga olgan holda mazkur dastur doirasida mahallaning barcha ichki ko‘chalarida asfaltlashtirish ishlari olib borish bo‘yicha 5,98 milliard so‘mlik loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib dastlabki shag‘allashtirish va asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi. Ichki ko‘chalarning umumiy uzunligi 12 kmni tashkil qiladi. Asfaltlashtirish ishlari pudratchi tashkilot “Marg’ilon binokor” MChJ tomonidan bajarilmoqda.
Qurilish ishlari borishini viloyat va tuman mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda mahallada QIRL dasturi doirasida qishloq aholisini o‘zi tomonidan saylangan jamoa – monitoring guruhi nazorat qilmoqda.