Yangiliklar

news image

Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrifi davomida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chust tumanidagi “Buloqboshi” hamda Pop tumanining “Eski to‘da” va “Obihayot” mahallalarida qurilayotgan sport inshootlari bilan tanishdi.
 
Loyiha doirasida viloyatning 5 ta (Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Pop, Chust va Mingbuloq) tumanidagi 132 ta mahallaga 66,4 mln dollar ajratilgan bo‘lib, joriy yil 1-aprel holatiga 32,23 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan. 

Manba: Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish