“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” (QIRL) loyihasining 2-fazasi doirasida Yozyovon tumanining Guzarboshi, Qo‘rg‘oncha, Cho‘liguliston, Guliston va Do‘stlik MFYlarida, Qo‘shtepa tumanining Xo‘jaqishloq, Istiqlol, Shodlik va Yangido‘kon MFYlarida va Furqat tumanining Hayit, Chilgijiyda, Tomosha va Eski MFYlarida elektr ta’minotini yaxshilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash subloyihalari bo'yicha qurilish-montaj ishlari boshlandi.
Ayni paytda pudratchilar tomonidan qurilish materiallari yetkazib berilyapti hamda yerlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish-montaj ishlari belgilangan jadvalga muvofiq va bevosita Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari, mahallalarning jamoatchilik monitoring guruhi va QIRL ko‘makdosh hamkori (“CEED”, Bolgariya/ “Rhythm Plus”, O‘zbekiston) qishloq muhandislari nazorati ostida amalga oshirilmoqda.