Yangiliklar

news image

Farg‘ona vodiysida Mahalla fuqarolar yig‘inlari salohiyatini oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar boshlandi

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Ko‘makdosh hamkorining (“CEED”, Bolgariya va “Rhythm Plus”, O‘zbekiston) Qishloq Fasilitatorlari va Muhandislari tomonidan Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi 117 maqsadli MFYlarda Mahalla Taraqqiyot va Jamoatchilik monitoring guruhlari a'zolarining salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar boshlandi.

Mazkur uchrashuvlar davomida “Qurilish ishlarining borishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish”, “VMTG va jamoatchilik monitoring guruhining roli”, “QIRLning subloyihalarini amalga oshirish doirasida fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarini tekshirish va ular bilan ishlash tartiblari”, “Munozarali vaziyatlarni hal qilish”,  “Qurilish-montaj ishlarini bajarishda atrof-muhitni muhofaza qilish jihatlarining o‘rni va ahamiyati”, “MFYning loyihalash va pudratchi tashkilotlar, BLAOG va Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro samarador muloqotni o‘rnatish” va shu kabi mavzularida interfaol o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar 2025-yilning yanvar oyi oxirigacha davom etadi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish